Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikaning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasi oshiriladi
Respublikaning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasi oshiriladi va respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli dastur tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “2020 — 2022 yillarda respublikaning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasini oshirish va respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
2020-2022 yillarda respublika hududlarida ko‘p qavatli turar-joylarning issiqlik himoyasini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini joriy etish bo‘yicha dasturi;
respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha dastur tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda:
hududlarda ko‘p qavatli turar-joylarning issiqlik himoyasini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini joriy etish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqilishini;
2021-2022 yillarda qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini;
obektlar bo‘yicha namunaviy loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisob-kitoblari taqdim etilishiga qarab dasturlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan, namunaviy loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi hamda shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi uchun zarur mablag‘larni xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari (grantlarini) jalb qilinishini belgilangan tartibda ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan maqsadli Dasturning belgilangan muddatlarda qat'iy bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026