Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo avtotrassasida yuk avtomobili yonib ketdi
«Kamaz» rusumidagi yuk avtomobili bortida olib ketilayotgan hojatxona qog‘ozi kutilmaganda yonib ketgan.
Sirdaryo avtotrassasida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea kecha, 8 sentabr kuni soat 15.20da, «Toshkent - Dushanbe» xalqaro avtomagistralining 83 kilometrida sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, yo‘lning bu qismi Sirdaryo viloyatining shu nomdagi tumaniga olib boradi.
«Kamaz» rusumidagi yuk avtomobili bortida olib ketilayotgan hojatxona qog‘ozi kutilmaganda yonib ketgan.

Uch daqiqa ichida favqulodda vaziyat hududiga yetib kelgan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari 10 daqiqa ichida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etdilar.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yukning yarmini saqlab qolishga erishildi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
13:45 / 17.04.2026