Armanistonda 2021 yilning 11 yanvarigacha karantin joriy etildi
Hukumat qaroriga muvofiq, karantin muddati yakunlanguniga qadar mamlakatga quruqlik orqali kirish taqiqlanadi.
Armaniston hukumati favqulodda holat rejimi muddati yakuniga yetishi munosabati bilan mamlakatda 2021 yilning 11 yanvarigacha karantin joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat rasmiy saytida xabar berilmoqda.
"Butun dunyodagi epidemik vaziyatni hamda Armanistonda koronavirus infeksiyasi tarqalayotganligini hisobga olib, Armaniston hukumati 11 sentyabrdan 2021 yil 11 yanvargacha butun mamlakat hududida karantin rejimini joriy etishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.
Hukumat qaroriga muvofiq, karantin muddati yakunlanguniga qadar mamlakatga quruqlik orqali kirish taqiqlanadi. Istisno tariqasida diplomatlar va ularning oila a'zolari, aza marosimlariga kelayotganlar hamda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan haydovchilarga mamlakat hududiga kirishga ruxsat beriladi.
Armanistonga kirib kelgan barcha shaxslar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va kasallanish belgilari aniqlangan hollarda shifoxonaga yotqiziladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 45 503 kishiga yetgan. Virus respublika aholisining 1,4 foizga yaqin aholisida aniqlangan.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024
FQB armanistonlik talaba Turkiya va Ozarboyjon elchixonalariga hujum uyushtirishni reja qilganini aniqladi
23:18 / 31.08.2024