Jahon | 08:01 / 14.09.2020
44716
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi

13 sentyabrda koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi. Bir kun ichida 307 ming 930ta yangi kasallanish holati aniqlangan.

Eng ko‘p kasallanish holati Hindistonda qayd etilib, 94,3 mingtani tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni 45,5 mingta yangi kasallanish holati bilan AQSh va 43,7 mingta bilan Braziliya egallamoqda.

Avvalgi antirekord 6 sentyabrda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda kunlik kasallanish holatlari soni 306 ming 857tani tashkil qilgan.  

Ayni vaqtda dunyo bo‘yicha jami kasallanishlar soni 28 mln 637 mingdan oshib ketdi. Virus qurbonlari soni esa 917 ming 417 nafarga yetdi.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, mintaqalar kesimida eng ko‘p kasallanish Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda – 14,7 mlnta. Janubi-Sharqiy Osiyoda jami 5,4 mlnta, Yevropada esa 4,8 mlnta kasallanish holati qayd etilgan.   

Mavzuga oid