Samarqandda giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan ayol ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 6 iyul kuni Samarqand viloyatida IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida Past Darg‘om tumani “Katta naymancha” mahallasida yashovchi 50 yoshli B.P. (ayol)ning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganda, hovlisida 250 m2 maydonda 29 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan giyohvandlik o‘simliklarining vazni 24 402 grammni tashkil qilib, ular “marixuana” giyohvandlik vositasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan giyohvandlik o‘simliklari miqdoridan kelib chiqqan holda B.P.ga JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan qo‘shimcha ayb e'lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudlovga yuborilgan.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
16:04 / 29.11.2024
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 19.11.2024