Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 18 yoshli qizning qotili olti yildan so‘ng aniqlandi
Yigit qizning yuziga qattiq zarba berib yiqitgan, shu atrofdagi elektr simi bilan bo‘g‘ib joniga qasd qilgan va jasadni gilamga o‘rab, qurilishi tugallanmagan uyi oldiga ko‘mib yuborgan.
2014 yilning 23 oktabr kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, "Novqa" qishlog‘ida istiqomat qilgan, 1996 yil tug‘ilgan qiz yashash uyidan fuqarolik pasportini olish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shundan so‘ng qizning onasi huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilgan. Biroq, 6 yil o‘tsa-da qizning na tirigi, na o‘lgani tasdiqlanmagan.
“Azaldan yozilgan haq so‘z bor – jinoyatga jazo muqarrar. Shunday ham bo‘ldi. Ya'ni, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari olingan ma'lumotlarga asosan bedarak yo‘qolgan qizning jasadi va ushbu qotillikni sodir etgan shaxsni aniqladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2014 yilning 23 oktyabrida qiz "Mo‘g‘ol" qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1991 yil tug‘ilgan erkakning yashash uyiga kelgan va undan homilador ekanligini bildirgan. Kutilmagan ushbu gap qiz va yigit o‘rtasida janjalga sababchi bo‘ladi.
Oqibatda yigit qizning yuziga qattiq zarba berib yiqitgan. Shu atrofdagi elektr simi bilan bo‘g‘ib joniga qasd qilgan va jasadni gilamga o‘rab, qurilishi tugallanmagan uyi oldiga ko‘mib yuborgan.
Mavzuga oid
19:19 / 01.12.2025
Quvada erkak turmush o‘rtog‘i va ikki farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
16:28 / 20.11.2025
Kundalik fosh qilgan qotillik – Qozog‘istondagi shov-shuvli jinoyat ishida hukm o‘qildi
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
18:22 / 06.11.2025