O‘zbekiston | 11:38 / 18.09.2020
19508
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro davlat tibbiyot institutiga yangi rahbar tayinlandi

Shuhrat Jumayevich Teshayev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Institutga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Amrillo Inoyatov 2020 yilning iyulida prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida institutga o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Gavhar Jarilkasinova vaqtincha rahbarlik qilib turgandi.

Tibbiѐt fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayev shu vaqtga qadar Buxoro davlat tibbiyot instituti ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan. Salohiyatli olim sifatida 10dan ziyod tibbiyot fanlari nomzodlari va fan doktorlari tayyorlagan. Shuningdek, u odam anatomiyasi fanidan tayyorlagangan ilk smart kitob muallifi sanaladi. 

Mavzuga oid