O‘zbekiston | 18:25 / 22.09.2020
10260
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 49 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 49 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Tuzalganlar (+461)
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 10 hududida 461 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 49 ming 67 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 213 nafar;
  • Toshkent viloyatida 84 nafar;
  • Namangan viloyatida 84 nafar;
  • Samarqand viloyatida 25 nafar;
  • Andijon viloyatida 16 nafar;
  • Xorazm viloyatida 12 nafar;
  • Jizzax viloyatida 11 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 3 nafar bemor tuzaldi. 

Yangi holatlar (+426)
Bugun hozircha respublikaning 10 hududida tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 52 ming 685tani tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 228 holat;
  • Namangan viloyatida 98 holat;
  • Toshkent viloyatida 26 holat;
  • Andijon viloyatida 16 holat;
  • Jizzax viloyatida 12 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 11 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 9 holat;
  • Samarqand viloyatida 9 holat;
  • Xorazm viloyatida 7 holat.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun O‘zbekiston hududida yana 4 kishi koronavirusdan vafot etgani ma'lum qilindi va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 442 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bugundan o‘lim holatlari qaysi hududda ro‘y bergani, marhumlarning yoshi va jinsiga oid ma'lumotlarni berishni to‘xtatdi.

Hozirda mamlakatda 3 176 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid