Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya prokuraturasi Rossiyaning ikki diplomatini josuslikda aybladi
Prokuraturaning bildirishicha, diplomatlar Bolgariya armiyasi to‘g‘risida ma'lumot to‘plagan.
Bolgariya prokuraturasi Rossiyaning ikki diplomatini josuslikda aybladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
"Bolgariya prokuraturasi rossiyalik ikki diplomat josuslikka aloqadorligini ma'lum qildi", - deb yozadi agentlik.
Ma'lumot berilishicha, prokuratura ular 2016 yildan buyon razvedka faoliyatini olib borgan deb hisoblamoqda. Prokuraturaning bildirishicha, diplomatlar Bolgariya armiyasi to‘g‘risida ma'lumot to‘plagan.
Bu Rossiya diplomatlari josuslikda ayblangan birinchi holat emas. Avgust o‘rtalarida Slovakiya va Norvegiya josuslikda gumonlangan rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborgandi. 24 avgust kuni esa Avstriya tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma'lum qildi. Ma'lumot berilishicha, u Avstriya fuqarosi orqali mamlakatdagi yuqori texnologiya korxonalaridan biri to‘g‘risida ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Iyunda Chexiya Rossiyaning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgandi.