Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini ma'lum qildi
Qayd etilishicha, rossiyalik diplomat Avstriya fuqarosi orqali mamlakatdagi yuqori texnologiya korxonalaridan biri to‘g‘risida ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Foto: AR/TASS
Avstriya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
"Rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini tasdiqlashim mumkin. Uning xulq-atvori diplomati aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga ziddir", - dedi Avstriya TIV rasmiy vakili.
Dushanba kuni Kronen Zeitung nashri Avstriya Rossiya diplomatini persona non grata deb e'lon qilgani, u 1 sentyabrgacha mamlakatni tark etishi lozimligi to‘g‘risida xabar berdi. Gazetaning yozishicha, diplomat sanoat josusligida gumonlanmoqda.
Gazetaning qayd etishicha, rossiyalik diplomat Avstriya fuqarosi orqali mamlakatdagi yuqori texnologiya korxonalaridan biri to‘g‘risida ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Xabarda aytilishicha, ushbu fuqaro korxonada josuslik faoliyati bilan shug‘ullangani haqida o‘zi ma'lum qilgan va rossiyalik diplomatni o‘zining kuratori deb atagan.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
14:45 / 02.03.2026
Belgiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘lga oldi
09:06 / 02.03.2026
Rossiya Xersonni o‘qqa tutdi: halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor
20:01 / 01.03.2026