O‘zbekiston | 16:47 / 23.09.2020
6636
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar, Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirildi

Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan - 619,2 ming tonna mahsulot.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 1 iyul holatiga qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Ular quyidagicha:

donli ekinlar – 51,6 mln. tonna;

sabzavotlar – 3,0 mln. tonna;

kartoshka – 1,5 mln. tonna;

meva va rezavorlar – 1,0 mln. tonna;

poliz ekinlari – 205,1 ming tonna.

Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (619,2 ming tonna mahsulot) bo‘lsa, Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (544,3 ming tonna).

Shuningdek, Samarqandda eng ko‘p kartoshka (285,4 ming tonna), Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar (233,4 ming tonna), Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (54,9 ming tonna).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid