Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya karantin joriy etishni o‘ylamoqda
Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishiga qaramasdan qat'iy cheklovlar joriy etmagani sababli bir necha marta tanqid qilingandi. Mamlakatda epidemiya vaqtida korxonalar, maktab va bog‘chalar faoliyatini to‘xtatmadi.
Foto: imago
Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi fonida Stokgolmda karantin joriy etish to‘g‘risida jiddiy o‘ylamoqda, deb yozadi Bloomberg.
Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnellning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi bir necha hafta davomida poytaxtda barcha yosh guruhlarida kasallikning sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda.
Hukumat virus tarqalishi sur'atini pasaytirish maqsadida karantin choralarini joriy etish zaruriyatini muhokama qilmoqda, dedi u.
Tegnell ehtimoliy cheklovlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot bermagan.
Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishiga qaramasdan qat'iy cheklovlar joriy etmagani sababli bir necha marta tanqid qilingandi. Mamlakatda epidemiya vaqtida korxonalar, maktab va bog‘chalar faoliyatini to‘xtatmadi.
Bugunga kelib Shvetsiyada kasallik yuqtirish holatlari 88 mingdan oshgan, 5,8 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
13:27 / 20.02.2026
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
16:04 / 12.02.2026
Shvetsiyada qonuniy maqomi bo‘lmagan fuqarolar Toshkentga olib kelindi
11:26 / 09.02.2026