Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» Suaresning transferini e'lon qildi
Luis Suares Madridning «Atletiko» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda rasmiy sayti e'lon qildi.
25 sentabr kuni 33 yoshli urugvaylik hujumchi «matraschilar» klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va ikki yillik shartnomaga imzo chekkan.
«Suares «Atletiko»ga kelishi bilan tarkibimiz Yevropa miqyosidagi tajribali to‘purar, hamisha maydonda bor kuchi bilan o‘ynaydigan va o‘z pozitsiyasida jahonning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan futbolchi bilan boyidi», deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Luis Suares 2014 yildan buyon «Barselona» safida to‘p surib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasidagi 36 o‘yinda maydonga tushgan va 21 gol urib, 10 golga uzatma bergan. U ko‘k-anorranglilar safida jami 13 sovrin yutib olgan, jumladan, ikki marta Chempionlar ligasida va to‘rt marta Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan.
«Nasonal» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Suares o‘z faoliyati davomida «Groningen», «Ayaks» va «Liverpul» kabi klublarda ham to‘p surgan. U 2007 yildan buyon Urugvay terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Avvalroq «Barsa» hujumchi uchun bonuslar bilan birga 6 mln yevro olishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
14:52 / 10.02.2025