Jahon | 18:14 / 25.09.2020
1605
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya xorijliklar uchun mamlakatga kirishga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatadi

Yaponiya pandemiya sababli 160ga yaqin mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi.

Foto: Reuters

Yaponiya xorij mamlakatlari fuqarolari uchun mamlakatga kirishga qo‘yilgan cheklovlarni oktyabrda yumshatadi. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Yosixide Suga ma'lum qildi.

"Iqtisodiyotni tiklash uchun xalqaro qatnovlarni yo‘lga qo‘yish kerak", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kyodo agentligi.

Shu bilan birga, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, yumshatishlar turistlarga taalluqli emas. Gap tibbiy, ta'lim va tadbirkorlik maqsadidagi tashriflar haqida bormoqda.  

Yaponiya pandemiya sababli 160ga yaqin mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 80 mingdan oshgan, 1,5 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid