Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqida Uz24 marhumning oila a'zolariga asoslanib xabar berdi.
Uning o‘limi sababi ma'lum qilinmagan.
23 sentabr kuni ham Rahim Rajabovning o‘limi haqida xabar tarqalgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagandi.
Ma'lumot uchun, Rahim Rajabov 1937 yilda Buxoro viloyatida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960 yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan.
O‘z vaqtida «Uzbekselmash» va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan «Algoritm» zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan va zavodni boshqargan.
1990 yildan 1997 yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025