Jamiyat | 16:56 / 28.09.2020
3317
2 daqiqa o‘qiladi

“Ipak Yo‘li” banki Mastercard kartalarini yo‘lga qo‘ydi

“Ipak Yo‘li” bankidan Mastercard kartalarini ikki xil shaklda ochish mumkin: Platinum Light, Platinum Black.

“Ipak Yo‘li” banki Mastercard universal kartalari berishni boshlaganini e'lon qildi. Uning yordamida do‘konlarda to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn buyurtmalar berish va naqd pul yechib olish mumkin.

Ipak Yo‘li Mobile ilovasida kartani onlayn boshqarish mumkin, xavfsizlikni o‘rnatish, 3D Secure operatsiyalarni to‘liq nazorat qilishni ta'minlaydi.

Bundan tashqari, bank mazkur kartalardan amalga oshirilgan har qanday to‘lovlar uchun yil oxiriga qadar hech qanday komissiya olinmasligi haqida aksiya e'lon qildi.

Shuningdek, har bir Mastercard kartasiga qo‘shimcha ravishda sovg‘a sifatida UnionPay Gold kartasi ham ochiladi!

Kartani ikki usul bilan ochish mumkin:

  • Onlayn. Ipak Yo’li Mobile mobil ilovasida yoki bankning www.ipakyulibank.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali ochish. Kartani ofisdan borib olish yoki yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin.
  • Oflayn. Bankning yaqin-atrofdagi filialida ariza to‘ldirish va buyurtma bergan joyingizdan olib ketish.

Batafsil quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid