Jahon | 18:25 / 30.09.2020
41450
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik biolog gripp koronavirusga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida gapirdi

Doktorning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusdagi mutatsiyalar xavotir uyg‘otmoqda.

Foto: Global Look Press

Gripp infeksiyasi koronavirusni yanada kuchaytirib yuboradi, dedi Jorj Meyson universiteti (AQSh) professori, biologiya fanlari doktori  Ancha Baranova.

Ammo bu gripp virusi qismlarining koronavirus bilan chatishishi yoki o‘tishi bilan bog‘liq emas, deb ta'kidladi olima. Ular ikkita mutlaqo boshqacha viruslar bo‘lib, hech qanday tarkibiy qismlarini almasha olmaydi. Shunchaki odam organizmiga qo‘shaloq zo‘riqish tushadi.

«Shu bilan birga, koronavirusdagi mutatsiyalar xavotir uyg‘otmoqda. Hozirda nafaqat D614G shtammi,  balki yangi mutatsiyalar ham qayd etilgan. Ular yanada yomonroq. Invitro tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ularni dastlab mavjud bo‘lgan virusga qarshi antitanalar bilan zararsizlantirishning imkoni yo‘q», dedi Baranova. 

Bu yaratilayotgan vaksinalar borasida ham xavotir uyg‘otadi, deya xulosa qildi doktor.

Mavzuga oid