Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvadorlar uchun qo‘shimcha subsidiyalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasi 26.09.2020 yildagi 590-son qarorni qabul qildi, u bilan 12.05.2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 280-son VMQga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjat bilan 2021-2023 yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan "merinos" zotli qo‘y va "angor" zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, subsidiya yuridik shaxslarga "merinos" zotli qo‘y hamda "angor" zotli echkilardan qirqib olinib, gilam to‘qish uchun hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm jun uchun qo‘y va echkilarni parvarish qilish xarajatlarining bir qismini qoplashga 2 000 so‘mdan ajratiladi.
Subsidiya olish uchun ariza va zarur hujjatlar bilan chorvachilikni samarali rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tuman komissiyasiga murojaat qilish zarur. U 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Viloyat komissiyasi har yili 5 mayga qadar kelasi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi. Mazkur ro‘yxatlar "O‘zbekchorvanasl" agentligiga, shundan keyin Davlat budjetiga kiritilishi uchun Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjat 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
21:09 / 12.05.2026
O‘zbekistonda qoramollar sonini 16,5 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi
19:05 / 12.05.2026