Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti aholini saylovda o‘z ovozlarini sotmaslikka chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti hozirda saylov natijalarini oldindan aytish qiyin deb hisoblaydi.
Foto: kabar.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat fuqarolarini 4 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida o‘z ovozlarini sotmaslikka chaqirdi. U Qirg‘izistonning "Birinchi radio" radiosi efirida ana shunday murojaat bilan chiqdi.
"Bugungi kunda meni va Qirg‘iziston kelajagi uchun qayg‘urayotgan har bir fuqaroni eng tashvishlantirayotgan yagona muammo – bu saylovchilarning sotib olinishi. Ertaga ovoz berish kuni va men o‘z ovozlaringizni sotmaslikka chaqiraman. O‘zi, farzandlari, davlati kelajagi to‘g‘risida qayg‘uradigan inson hech qachon bunday qilmaydi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z ovozini sotgan odam "farzandlari. Davlat, o‘zining kelajagiga zarba bergan bo‘ladi".
Qirg‘iziston prezidenti apparati xodimlari bo‘lajak saylovga tayyorgarlik jarayoniga bevosita aralashmadi, dedi Jeenbekov.
Uning qayd etishicha, deputatlarning aksariyati "qaytadan nomzodini qo‘ygan". Qirg‘iziston prezidenti hozirda saylov natijalarini oldindan aytish qiyin deb hisoblaydi.
"Bo‘lajak saylov natijalarini oldindan aniq aytishning imkoni yo‘q. Saylov poygasida favoritlar bo‘ladi, ammo kim g‘olib chiqishini oldindan bilish qiyin. Ertaga bilamiz", - deb ta'kidladi Jeenbekov.
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida 120 o‘rin uchun 16 partiya kurash olib boradi.
Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026