Jahon | 15:43 / 07.10.2020
10818
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga chalingan Poroshenkoning ahvoli yomonlashgani ma'lum qilindi

Pyotr Poroshenko koronavirus yuqtirganligi haqida sentabr oxirlarida ma'lum bo‘lgandi.

Foto: RIA Novosti

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning ahvoli keskin yomonlashdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Marina Poroshenko ma'lum qildi.

«U kasalxonada, kompleks muolaja olmoqda. Afsuski, uning qoni holati yomonlashdi – judayam quyuqlashib ketgan. Shifokorlar hattoki tahlil ham olisholmayapti», — dedi u.

Poroshenkoning qizi Yevgeniya ham koronavirus yuqtirgan bo‘lib, uning holati yaxshiligi aytilmoqda. Pyotr Poroshenkoda o‘pkaning ikki tomonlama shamollashi aniqlangan.

Pyotr Poroshenko koronavirus yuqtirganligi haqida sentabr oxirlarida ma'lum bo‘lgandi. U koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini ma'lum qilgandi. 3 oktabr kuni esa shifoxonaga yotqizildi.

Mavzuga oid