Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasb-hunar o‘rgangan yoshlar va ayollarga davlat tomonidan subsidiya beriladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda nodavlat kasb-hunar ta'limi markazlari orqali yoshlar va ayollarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirilishi haqida ma'lum qilingan. Shundan 10 million dollar yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga, 90 million dollar esa o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun sarflanadi.
«Ijtimoiy shartnoma» orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta'lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Yana bir masala – Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmaydi. Misol uchun, unda 2 ming 484 ta, ya'ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma'lumot talab etiladi. Xususan, ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo‘yilgan. Ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o‘rganish mumkin.
Kutubxonachi, tarjimon, bank agenti, reklama mutaxassisi kabi ko‘plab vazifalarga ham oliy ma'lumot talabi qo‘yilgan. Mehnat bozorida bunday kasblar bo‘yicha 4 mingga yaqin vakansiya mavjud.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma'lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026