Jahon | 20:48 / 08.10.2020
7795
1 daqiqa o‘qiladi

Tarixda ilk marta JSTga ayol kishi rahbar bo‘ladi

Jahon savdo tashkilotining bosh direktori Robertu Azevedu 14 may kuni “shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli” iste'foga chiqishini e'lon qilgandi. U 31 avgustda lavozimini tark etdi.

Ngozi Okonjo-Iveala va Yu Myon Xi

Tarixda ilk bor Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ayol kishi bosh direktor bo‘ladi. JST matbuot xizmati rahbarlikka ikki nafar asosiy nomzodning ism-sharifini e'lon qildi.

 JST bosh kengashi raisi Devid Uokerning ma'lum qilishicha, uchinchi, yakuniy bosqichga Nigeriya sobiq moliya vaziri Ngozi Okonjo-Iveala va Janubiy Koreya savdo vaziri Yu Myon Xi chiqqan. Ulardan biri JSTning yettinchi bosh direktori bo‘ladi va Robertu Azeveduning o‘rnini egallaydi.

 Maslahatlashuvlarning uchinchi bosqichi 19 oktyabrda boshlanadi va 27 oktyabrgacha davom etadi. Uokerning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning yangi rahbarini bosh kengash tasdiqlaydi.

Jahon savdo tashkilotining bosh direktori Robertu Azevedu 14 may kuni “shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli” iste'foga chiqishini e'lon qilgandi. U 31 avgustda lavozimini tark etdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid