Jahon | 09:43 / 08.10.2020
9419
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada iqtisodiy o‘sish qayd qilingan yagona davlat ma'lum qilindi 

Foto: Twitter

Germaniya yevrohududda sentyabrda iqtisodiy o‘sish qayd qilingan yagona davlat bo‘ldi. Bunga esa davlatning Yevropaning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, turizmga emas, balki eksportga yo‘nalgani sabab bo‘lgan.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Yevropada koronavirus tarqalishi yana jadallashgani sababli safarlarga cheklovlarga qaytilmoqda, ba'zi davlatlarda esa ko‘ngilochar maskanlari, barlar va restoranlar yopilmoqda. Bu esa Fransiya uchun xususiy sektorda ishlab chiqarishning qisqarishini anglatadi, Italiyada esa ishlab chiqarish deyarli to‘xtab qolgan.

Jahon savdosining o‘sayotgani pandemiyadan o‘ziga kelishda yordam bermoqda va bunda eksportga yo‘nalgan Germaniya yutmoqda. Bu orada Yevropa ittifoqining janubida joylashgan davlatlar orqada qolmoqda, chunki ularning iqtisodiyoti turizm va xizmatlar sohasiga kuchli bog‘langan. Aynan shu sektorlar pandemiya bilan bog‘liq cheklovlardan kuchli aziyat chekkan va kasallanganlar soni oshib borayotgani sababli yanada “cho‘kmoqda”.

Iqtisodiyotchilarning prognozlariga ko‘ra, 2020 yilning 4-choragida Yevropa ittifoqi iqtisodiyotida yana pasayish kuzatiladi.

“Ko‘p narsa koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqinini qanchalik nazoratga olishga muvaffaq bo‘lish va xizmatlar tarmog‘i faoliyatini jonlantirish uchun ijtimoiy masofalashuv choralarini qanchalik yumshatish mumkinligiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan IHS iqtisodchisi Kris Uilyamson.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid