Jahon | 00:46 / 10.10.2020
22128
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShda Rossiya va Xitoy «orzu qiladigan» qurol borligini aytdi

Sentabr oyida Vladimir Putin Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolga ega ekanligini aytgandi.

Foto: EPA

AQSh boshqa mamlakatlarda yo‘q qurolga ega, Rossiya va Xitoy esa bunday qurol haqida faqat «orzu qiladi». Bu haqida AQSh prezidenti Donald The Rush Limbaugh Show radiodasturi efirida aytdi.

«Bizning qurolli kuchlarimiz dunyoda eng qudratli. Bizda yangi raketalar bor. Bizda shunday narsa borki, u boshqa hech kimda yo‘q. Rossiya bu haqida orzu qiladi. Xitoy bu haqida orzu qiladi», - dedi u.

May oyi o‘rtalarida Tramp Vashington «super-puper-raketa» ishlab chiqayotgani haqida aytgandi. Uning ta'kidlashicha, u «dunyodagi eng tezkor» raketa bo‘ladi. 

Sentabr oyida esa Vladimir Putin Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolga ega ekanligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid