Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanmoqda
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 15 oktabr kunidan poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida);
- Ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.
«Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kengash qaroriga ko‘ra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy obektlarga, 17 oktyabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta'minoti yetkazib beriladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:38 / 16.12.2025
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
16:11 / 04.12.2025
Issiqlik ta’minotida yoqilg‘i, elektr va suv sarfini me’yorlash tartibi yangicha belgilanadi
17:40 / 24.11.2025
2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
18:15 / 01.11.2025