Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti yana bir bor Japarovni bosh vazirlikka tasdiqladi
Parlament 10 oktyabrda Japarovni bosh vazirlikka tasdiqlagandi. 13 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti parlamentning Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topgan va hujjatni parlamentga qaytargandi.
Qirg‘iziston parlamenti majlisida Sadir Japarov mamlakat bosh vaziri etib tasdiqlandi.
Deputatlar Japarov nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Parlament shuningdek, Japarov rahbarligidagi hukumat tarkibi, dasturi va tuzilmasini ham qo‘llab-quvvatladi.
Parlament 10 oktyabrda Japarovni bosh vazirlikka tasdiqlagandi. 13 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti parlamentning Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topgan va hujjatni parlamentga qaytargandi.
Qirg‘izistonda siyosiy inqiroz boshlanishidan avval Japarov koloniyada jazo o‘tayotgan bo‘lib, 5 oktabr kungi norozilik namoyishlari chog‘ida tarafdorlari tomonidan ozodlikka chiqarildi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026