Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIda inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar qo‘llash rejimi joriy etiladi
Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lgan 27 davlatning barchasi yangi sanksiyalar mexanizmiga rozi bo‘lishi talab etiladi.
Yevropa Komissiyasi YeI tomonidan dunyoning istalgan mamlakatida inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar joriy etish algoritmini yaratmoqchi. Bu haqida 19 oktabr kuni Yevrokomissiya raisining prognoz qilish bo‘yicha o‘rinbosari Maros Shefchovich Bryusseldagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
«Yevropa Komissiyasi inson huquqlari jiddiy buzilgani uchun qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, sanksiya rejimini joriy etish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi banklariga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishdan iborat bo‘ladi», — degan yevropalik siyosatchi.
Inson huquqlari global darajada tobora ko‘proq buzilayotgani mazkur qarorning sababi sifatida ko‘rsatilgan.
«Yaqinda Belarusda bo‘lib o‘tgan voqealar, Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea, Venesuela va Suriyadagi vaziyatni hisobga olgan holda, bizdan, shubhasiz, alohida sanksiyalar rejimini yaratish talab qilinadi», — dedi Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari.
Endilikda Yevropa komissiyasining taklifi Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. YeIning barcha 27 davlati vakillari yangi sanksiyalar rejimini qo‘llab-quvvatlagan taqdirda, ittifoq mamlakatlari ushbu ro‘yxatga kiritilgani uchun, ularning fikriga ko‘ra, ittifoqdan tashqarida inson huquqlari buzilishida aybdor deb hisoblangan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning nomlarini taklif qilishlari mumkin bo‘ladi.
«Biz sanksiyalardan o‘z maqsadlarimiz yo‘lida foydalanishni xohlamaymiz. Bu sanksiyalar alohida mamlakatlar va institutlarning xatti-harakatlarini o‘zgartirishga imkon beradigan vosita bo‘lishi kerak», — deya xulosa qilgan Shefchovich.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
09:45 / 17.06.2026