Amerikalik milliarderlarning aksariyati Trampga qarshi ovoz berishi ma'lum bo‘ldi
So‘rovda qatnashgan amerikalik milliarderlarning qariyb yarmi (48 foiz) Jo Baydenga, 40 foizi amaldagi prezident Donald Trampga ovoz berishini ma'lum qilgan.
O‘tgan oyda Forbes amerikalik milliarderlar orasida saylovoldi so‘rovi o‘tkazdi. Unda turli siyosiy qanotlarga mansub 42 nafar milliarder ishtirok etdi.
So‘rov yakunlari xulosasiga ko‘ra, AQShdagi eng badavlat kishilarning aksariyati respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, bo‘lajak prezident saylovida ularning ko‘pchiligi demokratlar partiyasi nomzodi Jo Baydenga ovoz berishlari mumkin.
Gellap instituti yaqinda o‘tkazgan so‘rov amerikaliklarning 28 foizi o‘zlarini respublikachi, 27 foizi esa demokrat deb hisoblashini ko‘rsatdi. AQShning yana 42 foiz aholisi mustaqil saylovchilar deb ataladi.
Forbes so‘rovida qatnashgan milliarderlarning esa 43 foizi o‘zlarini respublikachilar, 24 foizi esa demokratlarga mansub deb hisoblaydi. Yana 33 foiz milliarder esa partiyasiz ekanligini aytgan.
So‘rovda qatnashgan amerikalik milliarderlarning qariyb yarmi (48 foiz) Jo Baydenga, 40 foizi amaldagi prezident Donald Trampga ovoz berishini ma'lum qilgan.
Qayd etish joiz, AQSh aholisining katta qismi ham Jo Baydenga ovoz berishni mo‘ljallamoqda. RealClearPolitics saylovoldi so‘rovlari agregatorining ma'lumot berishicha, uni amerikaliklarning 51 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovchilarning 42 foizi Donald Tramp uchun ovoz berishga tayyor.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024