Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Davlatning milliyligi va o‘zligi timsoli bo‘lgan ona tilini rivojlantirish hamisha eng muhim yo‘nalishlardan bo‘lib kelgan. Joriy yil 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni butun mamlakat miqyosida keng nishonlanmoqda.


Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ham sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.



Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bugungi kunda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, Andijon Davlat Universitetida ana shunday maqsadlarni ko‘zlagan «Lug‘at markazi» ish boshlash arafasida ekanligi haqida gapirib barchani O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. ADU professor o‘qituvchilari va talabalar bayramning o‘zbek millatining o‘zligini saqlab qolishdagi o‘rni haqida so‘zladilar.


Tantana so‘ngida ma'naviyat sohasida xizmat qilayotgan to‘rt nafar ziyoliga «Ma'naviyat fidoyisi» ko‘krak nishonlari topshirildi.

Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026