Jahon | 20:23 / 21.10.2020
5325
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston turk mollari importini taqiqladi

Armaniston hukumati turk tovarlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi, qaror 31 dekabrdan kuchga kiradi, deya xabar qilgan chorshanba kuni Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Foto: Acorn/Alamy

«Armaniston Respublikasi hukumati 20 oktyabrdagi qarori bilan Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirishga vaqtincha taqiq kiritdi. Taqiqlov 2020 yil 31 dekabrda kuchga kiradi», — deya xabar bergan RIA Novosti. Qayd etilishicha, Turkiyadan keladigan tovarlarni olib kirishni cheklash xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda. 

«Turkiyadagi tovarlarni olib kirishni taqiqlash Turkiya davlat xazinasini arman manbalaridan moliyalashtirishni to‘xtatadi va shu bilan birga, dushman bo‘lgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirishni cheklash orqali Armaniston uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning ehtimoli to‘xtatiladi», – deyilgan xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid