Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya YeI mamlakatlaridan Turkiyaga qurol sotmaslikni so‘radi
Afina qo‘shnichilikni kengaytirish va siyosat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Oliver Vargeyiga YeI va Turkiya bojxona ittifoqi faoliyatini to‘xtatishni so‘rab murojaat qilgan.
Gretsiya YeIning boshqa mamlakatlariga Turkiyaga harbiy uskunalar va xomashyo sotmaslikni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya Germaniya, Ispaniya va Italiya tashqi ishlar vazirliklariga tegishli mazmunda maktub yo‘llagan. Bundan tashqari, Afina qo‘shnichilikni kengaytirish va siyosat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Oliver Vargeyiga YeI va Turkiya bojxona ittifoqi faoliyatini to‘xtatishni so‘rab murojaat qilgan.
«Tinchlik tarafdorining o‘zi qarshi tomonni Yevropa ittifoqi a'zolariga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘qlar bilan ta'minlamasligi lozim», – deb ta'kidlagan Gretsiya bosh vaziri.
Gretsiya YeI sharqida joylashgan bo‘lib, uning chegaralari Yevroittifoqning tashqi chegaralari ham hisoblanishini va bu chegaralarni YeI a'zosi bo‘lmagan Turkiyadan himoya qilish kerakligini ta'kidlab keladi.
Avvalroq Gretsiya Evros oblastidagi Turkiya bilan quruqlikdagi chegarasida mustahkam to‘siq o‘rnatayotganligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026