Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Turkiya bilan chegaraga to‘siq o‘rnatmoqda
Gretsiya hukumati mart oyi boshlarida Evros oblastidagi mavjud chegara to‘siqlarini 40 km masofaga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Gretsiya Evros oblastidagi Turkiya bilan quruqlikdagi chegarasida mustahkam to‘siq o‘rnatmoqda. Bu haqda Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas ma'lum qildi.
«Hozirda chegarada uzunligi 26 km bo‘lgan to‘siq o‘rnatilmoqda va 10 km masofadagi uchastkada modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Yangi to‘siq o‘rnatilishi mamlakatning suveren huquqlarini himoya qilishda yordam beradi va Gretsiya Yevropaning tashqi chegaralarini himoya qilayotganini bildiradi», - dedi Petsas.
Petsasning ma'lum qilishicha, Gretsiya chegaralarini samarali qo‘riqlash maqsadida Evrosda yana 400 nafar chegarachi xizmatga kirishadi, 800 chegarachi Egey dengizining sharqidagi orollarga, yana 480 harbiy mamlakatning qolgan hududiga joylashtiriladi.
«Yil davomida jami 1680 chegarachi kuchaytirilgan qo‘riqlash talab qilinadigan barcha hududlarga joylashtiriladi», - dedi u.
Gretsiya hukumati mart oyi boshlarida Evros oblastidagi mavjud chegara to‘siqlarini 40 km masofaga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Chegara xizmati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi to‘siq balandligi 5 metrli mustahkam po‘lat panjaralardan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026