Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazadi
Maykl Pompeo muzokaralar 23 oktyabrda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan bilan Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarga chek qo‘yish maqsadida muzokaralar o‘tkazadi.
U jurnalistlar uchun brifingda chiqish qilar ekan, muzokaralar 23 oktyabrda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "gap yer yuzidagi murakkab vaziyat haqida bormoqda".
"Bu murakkab diplomatik vaziyat. Hech qaysi mamlakat olovga moy quyib bu nizoga aralashmasligi, qurol tizimlari taqdim etmasligi, qo‘llab-quvvatlamasligi kerak", - deb ta'kidladi Pompeo.
18 oktabr kuni Armaniston va Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.
20 oktabr kuni esa Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ixtilofini hal qilish uchun Moskvaga muzokaralar o‘tkazish uchun kelishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ma'lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘da 27 sentyabrdan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Armaniston tomoni tan olinmagan Qorabog‘ armiyasi hujumlarga turib berayotganini aytayotgan bo‘lsa, Ozarboyjon o‘z hududi hisoblangan Tog‘li Qorabog‘ uchun jang qilayotganini, mojaroni hal qilishda faqat harbiy yechim ko‘rayotganini, qator hududlar qaytarilganini ma'lum qilmoqda.