Aliyev va Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha shaxsan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi

Foto: Reuters
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ixtilofini hal qilish uchun Moskvaga muzokaralar o‘tkazish uchun kelishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Pashinyanning ta'kidlashicha, ixtilof faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim. Aliyev esa ziddiyatga chek qo‘yish va ixtilofni hal qilish yo‘llarini topish kerakligini aytgan.
“Tog‘li Qorabog‘ ixtilofi tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim, bu bizning pozitsiya. Afsuski, Ozarboyjon bunga rozi emas. Men bunday natijaga erishish uchun barcha zarur sa'y-harakatlarni amalga oshirishga, jumladan uchrashib, gaplashib olishga tayyorman”, deb ma'lum qilgan Armaniston bosh vaziri TASS axborot agentligining tegishli savoliga javoban.
Shu bilan birga, Pashinyan ixtilofning yechimi murosaga asoslanishi lozimligini aytgan. “Bir tomonning kapitulyatsiyasi emas, balki murosaga”, deb ta'kidlab o‘tgan Pashinyan.
“Boshqa tomon bunga tayyor bo‘lmasa, unda biz xalqimiz, Tog‘li Qorabog‘dagi yurtdoshlarimiz huquqlari uchun oxirigacha kurashishga tayyormiz. O‘ylaymanki, bu Armaniston hukumati, xalqi, arman diasporasi pozitsiyasi, bu adolatli va konstruktiv pozitsiya”, deb ta'kidlab o‘tgan Armaniston bosh vaziri.
O‘z navbatida Ozarboyjon prezidenti Bokuning arman tomoni bilan Moskvada muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini aytgan. “Biz ziddiyatga chek qo‘yish va ixtilofni hal qilish yo‘llarini topish uchun Moskvada yoki istalgan boshqa joyda uchrashishga tayyormiz”, deb aytgan Aliyev.
Uning ta'kidlashicha, Boku “har qanday kontaktga tayyor”. “Men ushbu vaziyatda bunday taklif olmadim, shu sababli bu savol menga emas. Ko‘p marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin, ungacha esa Dmitriy Medvedev shaxsan Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari o‘rtasida uch tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishgan. Biroq Armanistonda hokimiyat shartli “Soros” qo‘liga o‘tgandan keyin bunday aloqalar to‘xtagan”, deb ta'kidlab o‘tgan Ozarboyjon rahbari.
Aliyevning ta'kidlashicha, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini tashkillashtirish taklifi tushganda Ozarboyjon darhol bunga rozi bo‘lgan. “Bu ham bizning pozitsiyamizdan darak beradi, axir o‘shanda Ozarboyjon armiyasi strategik hududlarning bir qismini ozod qilgandi. Ixtilof borayotganiga 10 kun bo‘lgandi va kim nimaga qodirligi hammaga deyarli ayon bo‘lgandi. Keyingi jangovar harakatlarning qanday borishini taxmin qilish qiyin emasdi. Biroq biz bunga qaramay, vaqtni cho‘zib o‘tirmadik yoki rad javobi bermadik. Biz “Ha, tayyormiz”, deb xayrixohlik bildirdik”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.
Tog‘li Qorabog‘da 27 sentyabrdan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Avvalroq Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Ular yakunlariga ko‘ra otashkesim to‘g‘risida bitim imzolangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi
Jahon | 18:01
-
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45
-
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov
O‘zbekiston | 17:35
-
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi
Jahon | 17:26
Mavzuga oid

12:10 / 03.06.2025
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

21:12 / 07.05.2025