Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina hukumati 26 oktyabrdan masofadan ishlashga o‘tadi
Avvalroq hukumat mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklov choralarini 31 dekabrgacha uzaytirgandi.
Ukraina hukumati 26 oktyabrdan boshlab masofadan ishlashga o‘tadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma'lum qildi.
"Kelasi haftadan hukumat yig‘ilishlari ham, hukumat ham onlayn tartibga o‘tadi. Bu vaqt talabi", - dedi u.
Avvalroq Ukraina hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklov choralarini 31 dekabrgacha uzaytirgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Ukrainada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 315,8 mingdan ortiq holat qayd etilgan, jumladan, oxirgi sutkada 6719ta holat aniqlangan.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026