Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi koronavirus bo‘yicha favqulodda sammit o‘tkazadi
Yevrokengash rahbari Sharl Mishel koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha 29 oktyabrda Yevropa ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlarining sammitini o‘tkazishga qaror qildi.
Uchrashuv onlayn-formatda o‘tkaziladi.
“Barcha yetakchilarni koronavirus bo‘yicha 29 oktyabrda o‘tadigan norasmiy videoanjumanga taklif etaman. Biz koronavirusga qarshi kurashda jamoaviy sa'y-harakatlarimizni kuchaytirishimiz lozim”, deb ta'kidlangan xabarda.
Ushbu sammit Yevropa ittifoqining oktyabrdagi uchinchi, biroq koronavirusga qarshi kurash choralarigagina bag‘ishlangan birinchi sammiti bo‘ladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 41,5 mlndan oshib ketdi. Yevropada 7,5 mlndan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan.
Ayni vaqtda Yevropa davlatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashgan, ko‘plab davlatlarda kasallanish holatlari bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda. Bu orada Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni milliondan oshgan Yevropaning birinchi davlati bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025