Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp pandemiya tez orada tugashiga va'da berdi
Amerika rahbari Bayden va uning jamoasi odamlarni Covid-19 bilan qo‘rqitishga urinmoqda, deb hisoblaydi. AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasini tezda tugatish niyati borligini aytgan. Bu haqda 24 oktabr, shanba kuni Reuters xabar bergan.
«Biz ushbu pandemiyani tezda tugatmoqchimiz. Oddiy hayot to‘liq tiklanadi», – dedi Oq uy rahbari Florida shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish paytida.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisining ta'kidlashicha, prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden va uning jamoasi odamlarni Covid-19 bilan qo‘rqitmoqchi, ular virusning yangi turi xavfini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan 42 milliondan ortiq kishi kasallanganligi qayd etilgan. Shu bilan birga, sayyorada oxirgi 24 soatda 371,5 ming kishi kasal bo‘lgan.
Xabar berganimizdek, Tramp va Bayden o‘rtasidagi ikkinchi va so‘nggi debat bo‘lib o‘tgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, unda demokrat g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
12:28 / 11.03.2026
BioNTech asoschilari boshqa kompaniyaga o‘tishini e’lon qildi
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025