Jahon | 07:40 / 26.10.2020
20178
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston va Ozarboyjon navbatdagi yarashuv haqida kelishib oldi

Foto: AP/TASS

Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari Zoxrab Mnatsakanyan va Jayxun Bayramov Tog‘li Qorabog‘da gumanitar yarashuv haqida kelishib oldi. U 26 oktabr soat 8dan amal qila boshlaydi. Bu haqda AQSh, Armaniston va Ozarboyjonning qo‘shma bayonotida ma'lum qilingan.

Kelishuvga Mnatsakanyan va Bayramovning AQSh davlat kotibi birinchi o‘rinbosari Stiven Bigen bilan uchrashuvida erishilgan.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ta'kidlashicha, ixtilof tomonlari yarashuvga amal qilishga tayyorliklarini bildirishgan.

Bu Qorabog‘ ixtilofi tomonlarining yarashuvga uchinchi urinishidir. Avvalgi ikkita kelishuv o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirishidan bir soat ham o‘tmay buzilgan.

Bu orada YeXHTning Minsk guruhi hamraislari (AQSh, Rossiya, Fransiya) hamda Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari 29 oktyabrda Jyenevada Tog‘li Qorabog‘ masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan. Unda Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solish uchun zarur choralar muhokamasi va ular bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Barcha choralarni Armaniston va Ozarboyjon rahbariyati qabul qilgan tamoyillarga mos holda qabul qilish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga oid