Armanistonda kontrrazvedka boshlig‘i va chegara qo‘shinlari qo‘mondoni ishdan olindi
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati kontrrazvedka departamenti boshlig‘i Ovanes Karumyan va chegara qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Gagik Tevosyan iste'foga chiqarildi. Bundan tashqari, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mudofaa vaziri Jalal Arutyunyan Ozarboyjon bilan janglarda yarador bo‘lgani sababli almashtirildi.
Karumyan va Tevosyanning bo‘shatilishi sabablari ma'lum qilinmagan. Biroq bundan oldinroq Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Armen Ayvazyan sobiq yuqori lavozimdagi harbiy josuslikka yollangani holati aniqlanganini ma'lum qilgan. Sobiq amaldor harbiy qismlardan axborot olib, uni Ozarboyjonga bergan. Shuningdek, xorijliklarga safarbarlik va harbiy texnika haqida axborot berilgan. Avvalroq, oktabr boshida Armanistonda josuslikda gumon qilingan bir necha xorijlik qo‘lga olingani ma'lum qilingan.
Tog‘li Qorabog‘ prezidenti Araik Arutyunyanning ma'lum qilishicha, respublika mudofaa vaziri janglarda yarador bo‘lgani sababli almashtirildi. Uning aytishicha, bu o‘zgartirish “muhokamalarga sabab bo‘lmasligi kerak”. “Jalal Anatolevichga tezroq sog‘ayib ketishni tilayman va u tez orada vatan xizmatiga yana qaytishiga ishonaman”, deb yozgan Arutyunyan Facebook’da. Jalal Arutyunyan o‘rniga general-mayor Mikayel Arzumanyan tayinlangan.
Tog‘li Qorabog‘da bir oydan beri Armaniston va Ozarboyjon qurolli kuchlari o‘rtasida janglar davom etmoqda. Tomonlar yarashuv haqida uch marta kelishgan, biroq o‘q otishni to‘xtatishga barcha urinishlar barbod bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024