Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Varshava menejment universiteti filiali ochiladi
2020 yilning 29 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Polsha favqulodda va muxtor elchisi Pyotr Ivashkevichni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda sezilarli faollashuvga ega bo‘lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish Polsha bilan aloqalarning asosiy yo‘nalishi ekanligi ta'kidlandi. Pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polshaga eksport qilish hisobiga 2020 yil yanvar-sentabr oylarida savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sdi.
Suhbat davomida madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishga, xususan, ta'lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar. Hozirda Andijonda Varshava menejment universitetining filialini ochish loyihasini amalga oshirish masalasi ustida ish ketayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida elchining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdagi faoliyatiga yuqori baho berildi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026