Jahon | 19:38 / 29.10.2020
10480
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda harbiy maqsadlar uchun fuqarolar mol-mulkini olishga ruxsat berildi 

Armanistonda mudofaa vazirligining so‘rovi bilan harbiy maqsadlar uchun fuqarolar mol-mulkining keyinchalik qoplab berish sharti bilan olinishiga ruxsat berildi.

Foto: EPA

Armaniston parlamenti qonunga tegishli tuzatmalar kiritishni qabul qildi. Unga ko‘ra, hukumat tinch aholidan hududiy o‘z-o‘zini mudofaa qilish batalonlarini shakllantirishi va fuqarolarning mol-mulkini zarurat yuzasidan olishi mumkin bo‘ladi.

O‘z-o‘zini mudofaa qilish batalonlari hududiy tamoyil asosida shakllantirilishi lozim va mahalliy hokimiyatlar rahbarlariga bo‘ysunadi.

Qonunda ta'kidlanishicha, ko‘ngilli jangchilarning asosiy vazifasi qurolli kuchlarga harbiy holat vaqtida yordam berishdan iborat bo‘ladi.

Ko‘ngilli jangchilarga harbiy kiyim va qurol beriladi, ular harbiy lagerlarda mashg‘ulot o‘tashadi.

Bundan tashqari, mudofaa vazirligining so‘rovi bilan harbiy maqsadlar uchun fuqarolarning mol-mulkini hukumat tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan olinishiga ruxsat beriladi. Gap asosan fuqarolarning avtotransporti haqida bormoqda.

Armanistonda sentabr oxirida Ozarboyjon bilan Tog‘li Qorabog‘ ixtilofining keskinlashuvi ortida harbiy holat e'lon qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid