Jahon | 17:31 / 29.10.2020
15341
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachondan boshlanishini aytdi

Rossiyada hozirda COVID-19’ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Sputnik V» vaksinasi yozda, «EpiVakKorona» deb nomlangan ikkinchi vaksina oktyabrda ro‘yxatga olingan. 

Foto: Kommersant'

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash yil oxirigacha boshlanishiga umid bildirdi.

«Rossiya vaksinasi sinovlari uzilishlarsiz davom etmoqda, yil oxirida ommaviy vaksinatsiyaga kirishamiz deb umid qilaman», — dedi u.

 Uning ta'kidlashicha, Rossiyaning koronavirusga qarshi har ikki vaksinasi ham xavfsiz va samarali. 

 Rossiyada hozirda COVID-19’ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Sputnik V» vaksinasi yozda, «EpiVakKorona» deb nomlangan ikkinchi vaksina oktyabrda ro‘yxatga olingan. 

 Avvalroq Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoqda koronavirusga qarshi emlash bahorda boshlanishi mumkinligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid