Jahon | 12:10 / 01.11.2020
29939
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusning beshta asosiy simptomi ma'lum qilindi 

Foto: RIA Novosti

Koronavirusning beshta asosiy simptomi haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, hid va ta'm sezishning yo‘qolishi, o‘zini yomon his qilish hisoblanadi. Bu haqda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, virusolog Anatoliy Alshteyn ma'lum qildi. 

“O‘zingizda virusning 16ta alomatini qidirishga hech ham hojat yo‘q. O‘zingizda harorat ko‘tarilishi, yo‘tal paydo bo‘lishi, hid va ta'm sezish yo‘qolishi, tomoqdagi og‘riq va o‘zingizni yomon his qilishingizga e'tibor qaratish yetarli. Qolgan 20dan ko‘proq alomatga kelsak, agar kasallansangiz buni topishni shifokorlarga qo‘yib bering”, deb aytgan virusolog.

Uning ta'kidlashicha, koronavirus inson organizmidagi turli to‘qimalarni, jumladan, asab hujayralarini zararlashi mumkin. Ushbu kasallik simptomlari turfa xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli Alshteyn asosiy simptomlar bo‘lmaganda, ikkilamchi simptomlarni izlash kerak emasligini aytgan. 

“Agar sizda harorat, yo‘tal va boshqa simptomlar bo‘lmasa, unda barmoqlaringiz rangi o‘zgarganiga e'tibor qilmasangiz ham bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Alshteyn.

Mavzuga oid