Koronavirusning beşta asosiy simptomi haroratning kötarilişi, yötal, tomoqda oğriq, hid va ta'm sezişning yöqolişi, özini yomon his qiliş hisoblanadi. Bu haqda Rossiyada xizmat körsatgan fan arbobi, virusolog Anatoliy Alşteyn ma'lum qildi.
“Özingizda virusning 16ta alomatini qidirişga heç ham hojat yöq. Özingizda harorat kötarilişi, yötal paydo bölişi, hid va ta'm seziş yöqolişi, tomoqdagi oğriq va özingizni yomon his qilişingizga e'tibor qaratiş yetarli. Qolgan 20dan köproq alomatga kelsak, agar kasallansangiz buni topişni şifokorlarga qöyib bering”, deb aytgan virusolog.
Uning ta'kidlaşiça, koronavirus inson organizmidagi turli töqimalarni, jumladan, asab hujayralarini zararlaşi mumkin. Uşbu kasallik simptomlari turfa xil bölişi mumkin. Şu sababli Alşteyn asosiy simptomlar bölmaganda, ikkilamçi simptomlarni izlaş kerak emasligini aytgan.
“Agar sizda harorat, yötal va boşqa simptomlar bölmasa, unda barmoqlaringiz rangi özgarganiga e'tibor qilmasangiz ham böladi”, deb ta'kidlab ötgan Alşteyn.












