Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona yo‘llarida o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi
Farg‘ona viloyati bo‘ylab zamonaviy fotovideofiksatsiya qurilmalari o‘rnatildi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qurilmalar 2 noyabr kunidan ishga tushirilib, to‘xtash chizig‘i, sidirg‘a chiziq, «Qayrilish taqiqlangan» yo‘l belgisi, belgilangan tezlik va svetofor ishoralariga amal qilmagan transport vositalari haydovchilarining qoidabuzarliklarini onlayn tartibda qayd etadi.
«Hurmatli haydovchilar! Barcha yo‘llar nazoratga olinganini, hayotingiz va sog‘ligingiz, shuningdek, oilaviy budjetingizga zarar keltirishni xohlamasangiz, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz», – deyiladi IIB xabarida.
Onlayn tarzda aniqlangan qoidabuzarliklar 3 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabrdan boshlab Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026