Toşkent şahri köçalarida kuzatuv kameralari işga tuşganiga bir yarim yildan ortiq vaqt ötdi. Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklar soni yettitaga yetgan.
Ular:
1. Transport vositalari haydovçilarining svetoforning taqiqlovçi signaliga yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmasdan ötişi (128-4-modda 1-qism). Jarima miqdori - 368 600 söm;
2. Avtotransport vositalarining haydovçilari tomonidan belgilangan harakatlaniş tezligining oşiriş. (128-3-modda 1-3-qism ). Jarima miqdori - 1 dan 10 EKIHga teng;
3. Haydovçilarning transport vositalarini boşqariş va yölovçilar taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya qilmaslik (125-modda, 1-qism). Jarima miqdori - 36 860 söm - 0,2 EKIH;
4. Transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarning telefondan foydalanişi (128-1-modda 1-qism). Jarima miqdori 368 600 söm - 2 EKIH;
5. Transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi (128-6-modda 1-qism). Jarima miqdori- 552 900 ming söm - 3 ta EKIH;
6. Transport vositalari haydovçilarining yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga yöl harakati qoidalarini buzgan holda çiqişi, xuddi şuningdek avariya holati yuzaga kelişiga sabab bölgan, ya'ni yöl harakatining boşqa qatnaşçilarini tezlikni, harakat yönalişini keskin özgartirişga yoki öz xavfsizligini yoxud boşqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş uçun özga çoralarni körişga majbur qiluvçi huquqbuzarlikni sodir etişi (128-5-modda 2-qism). Jarima miqdori 1 843 000 sömni taşkil etadi - 10 EKIH;
7. Haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari yoki yölning qatnov qismidagi çiziqlar bilan belgilab qöyilgan talablarga rioya etmasligi (128-modda 1-qism). Jarima miqdori - 92 150 söm - 0,5 EKIH.

















