Jahon | 07:35 / 02.11.2020
7337
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovada prezident saylovlarining birinchi bosqichida g‘olib aniqlanmadi 

Foto: EPA/TASS

Moldovada prezident lavozimi uchun saylovlarning 1-bosqichida g‘olib aniqlanmadi. Saylovlarning 2-bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod - amaldagi prezident Igor Dodon va sobiq bosh vazir, “Harakat va birdamlik” partiyasi nomzodi Mayya Sandu kurash olib boradi

E'tiborlisi, Sandu 1 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichi natijalariga ko‘ra Dodonni ortda qoldirdi. Sanduga saylovchilarning 35,61 foizi, Dodonga esa 33,01 foizi ovoz bergan. 

1-bosqichda g‘olib bo‘lish uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi.

Shuningdek, “Bizning partiya”dan nomzod Renato Usatiy 16,98 foiz, “Shor” partiyasi nomzodi Violeta Ivanova 6,57 foiz ovoz to‘plagan. Qolgan nomzodlarga 5 foizdan kamroq ovoz berilgan.

Saylovlarning 2-bosqichi 15 noyabrga belgilangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid