Rossiyalik milliarderlar 2020 yilda 27 milliard dollar yo‘qotishdi
Rossiyalik milliarderlarning 2020 yil boshidan umumiy boyligi 27,64 mlrd dollarga kamaydi. Rossiyaning eng boy odamlari orasida “Lukoyl” kompaniyasi egalaridan biri bo‘lgan Vagit Alekperov eng ko‘p yo‘qotishga uchragan.
Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, hozirda eng boy rossiyalik Vladimir Potanin bo‘lib qolmoqda. “Nornikel”ning asosiy egalaridan biri bo‘lgan Potaninning boyligi joriy yilda 3,25 mlrd dollarga kamaygan va hozirda 24,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Reytingda 2-o‘rinni NLMK’ning asosiy aksiyadori Vladimir Lisin egallagan. U 2020 yilda 456 million dollar yo‘qotgan va hozirda boyligi 20,9 mlrd dollarga baholanmoqda. 3-o‘rinni “Severstal”ning asosiy egasi Aleksey Mordashov egallagan. Uning boyligi yil boshidan 1,21 mlrd dollarga qisqarib, hozirda 18,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 4-o‘rinni 19,3 mlrd dollar bilan “Novatek” egasi Leonid Mixelson egallamoqda. Tadbirkorning boyligi yil boshidan beri 5,25 mlrd dollarga qisqargan.
5-o‘rinni Alisher Usmonov 18,3 mlrd dollar bilan egallagan. Ta'kidlab o‘tish joiz, Usmonovning boyligi yil boshidan 1,62 mlrd dollarga ko‘paygan va u reytingning yuqori o‘ntaligiga kiruvchi milliarderlar orasida kapitali ko‘paygan yagona kishi bo‘ldi.
Rossiyalik milliarderlar reytingida 6-o‘rinni Roman Abramovich 15,5 mlrd dollar bilan egallagan. Abramovichning boyligi 841 mln dollarga kamaygan. 7- va 8-o‘rinni Andrey Melnichenko va Viktor Vekselberg bo‘lishmoqda: ulardan har birining boyligi 14,4 mlrd dollarga baholangan.
Vagit Alekperov 9-o‘rinni egallagan, uning boyligi yil boshidan 8,5 mlrd dollarga qisqarib, hozirda 13,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Reytingning yuqori o‘ntaligini “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman 13,4 mlrd dollar bilan yakunlamoqda. Uning boyligi bir yil ichida 422 mln dollarga qisqargan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024