Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidentining o‘g‘li korrupsiyada ayblanmoqda
Prezidentning o‘g‘lidan tashqari, uning sobiq yordamchisi Fabrisiu Keyroshga nisbatan ham ayblov e'lon qilingan.
Rio-de-Janeyro prokuraturasi mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruning to‘ng‘ich o‘g‘li, senator Flaviu Bolsonaruni deputatlik vaqtida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Bu haqda prokuratura saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning o‘g‘lidan tashqari, uning sobiq yordamchisi Fabrisiu Keyroshga nisbatan ham ayblov e'lon qilingan. Taxmin qilinishicha, siyosatchining apparati xodimlari maoshlarining bir qismi u orqali kichik Bolsonaruga berilgan.
Prokuraturaning fikricha, jinoiy sxemada kamida 15 kishi ishtirok etgan. Ularning barchasi jinoiy tuzilma tashkil etish va unda qatnashish, noqonuniy pul yuvish va noqonuniy boylik orttirishda ayblanmoqda.
Braziliya federal politsiyasi 2018 yil noyabrda "Rio-de-Janeyro shtati qonunchilik yig‘ilishi deputatlari ishtirokida korrupsion sxema tuzish, pul yuvish, xodimlarni tayinlashda tovlamachilik qilish ishini tergov qilish" doirasida operatsiya o‘tkazgandi.
Keyrosh 2020 yil iyunda hibsga olingandi. Moliyaviy nazorat organlari uning hisob raqamidan 1,2 mln real (210 ming dollar) o‘tkazilganligini shubhali deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 21.06.2026
Mundialdagi tarixiy debyut va qaytarib beriladigan soliq – hafta dayjesti
18:20 / 17.06.2026
Davlat xizmatchilari uchun qamoqxonaga ekskursiya amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
14:42 / 16.06.2026