Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada koronavirusga qarshi kurashga harbiylar jalb qilinadi
Shveytsariya hukumati - Federal kengash mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘paygani sababli infeksiyaga qarshi kurashga 2,5 ming nafargacha harbiyni jalb qilishga qaror qildi.
“Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini sababli kasallanish holatlari soni keskin o‘smoqda. Shifoxonada, jumladan intensiv davolash bo‘limlarida bemorlar soni ko‘paydi. Bir qator kantonlar rahbariyati armiya tomonidan yordam berilishini so‘radi. Bu vaziyatda Federal kengash 2,5 minggacha harbiyni safarbar qilib, aholi sog‘lig‘ini saqlash sektorini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi” , deyilgan hukumat xabarida.
Ushbu qaror 2021 yil 31 martigacha amal qiladi. Harbiylar shifoxonalarga va sog‘liqni saqlash idoralariga yordam ko‘rsatadi. Gap, jumladan, harbiylar tomonidan sanitar avtomobillar taqdim etilishi haqida bormoqda.
Shveytsariyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan ko‘proqqa oshdi. Bu mamlakatda pandemiya vaqtida qayd qilingan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Jami kasallanganlar soni 191 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Shveytsariya pandemiyaning ikkinchi to‘lqinini boshdan o‘tkazmoqda. Mart oyi va aprel boshida mamlakatda har kuni mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilib kelingandi. So‘ngra kasallanish holatlari soni keskin kamayib, kuniga o‘rtacha 20tani tashkil qilgan. Biroq iyun oxiridan infeksiya tarqalishi sur'atlari yana osha boshlagan. Mamlakatda 7 oktyabrda kunlik kasallanish holatlari mingdan oshgan, 16 oktyabrda 3 mingni, 21 oktyabrda 5 mingni, 29 oktyabrda 9 mingni va 4 noyabrda 10 mingni tashkil qilgan.
Ekspertlar kasallanish holatlarining keskin ko‘payishiga karantin choralarining yumshatilishini sabab qilib ko‘rsatishmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026